Dunyodagi eng boy odamlarning umumiy boyligi ma’lum qilindi

Olam

image
2020 yilning eng yosh milliarderi nomi ma’lum qilindi north_east

2020 yilning eng yosh milliarderi nomi ma’lum qilindi

"Forbes" jurnali dunyoning eng boy odamlar ro‘yxatini chop etdi. Ro‘yxatga 2095 mingta milliarder kiritilgan. Quyida ularning eng boy 5 nafari bilan tanishish mumkin. 

"Amazon" bosh direktori Jeff Bezos uchinchi yil ketma-ket "Forbes" reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Uning umumiy boyligi 113 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Bezosning jamg‘armasi so‘nggi bir yil ichida 13 milliardga kamaygan.

Ro‘yxatning keyingi o‘rnini bu yil 18 milliard dollar yo‘qotgan, "Microsoft" kompaniyasi asoschisi Bill Geyts egallagan. Uning umumiy boyligi 98 milliard dollar ekanligi aytilmoqda.

Uchinchi o‘rinda Bernard Arnault qayd etilgan. Uning boyligi 76 milliard dollar, deb ko‘rsatilgan. U LVMH  (Louis Vuitton Moet Hennessy) fransuz kompaniyalar guruhining bosh direktori hisoblanadi. 

"Berkshire Hathaway" investitsiya fondi rahbari Uorren Baffet reytingning to‘rtinchi pog‘onasini band etgan. Uning boyligi 67,5 milliard dollarga baholanmoqda. U ham bu yil yo‘qotishga uchragan. Baffetning boyligi 15 milliard dollarga kamaygan.

Ro‘yxatdagi dunyoning beshinchi eng boy odami 59 milliard dollarga ega milliarder Larri Ellison. Larri "Oracle" kompaniyasining asoschisi hisoblanadi.

Reytingda jami 2095 nafar dunyo milliarderi bor. Ularning umumiy boyligi 8 trillion dollarga teng. 2019 yildagi reytingda umumiy boyligi 8,7 trillion dollarga yaqin 2153 nafar milliarder bor edi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Forbes

Baholaganlar

427

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing