Dunyoda tinchlik o‘rnatishga to‘sqinlik qilayotgan sabablar ochiqlandi
Olam
−
11 yanvar 2021
5918Butun dunyoda sulh bitimini o‘rnatishga ishonch yetishmasligi va mojarolarga aralashuvchi tashqi kuchlarning buzg‘unchi harakatlari to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish gapirgan.
“Tinchlik va global sulhga erishish yo‘limizda ikkita katta muammo mavjud. Birinchisi – ishonchning yetishmasligi. Bu – odamlarning birlashishi, muzokara olib borishi va mojaroni to‘xtatishiga qarshilik qiladigan to‘siq. Ikkinchisi esa, buzg‘unchi kuchlardir”, degan Guterrish.
Uning ta’kidlashicha, hozirgi paytda dunyodagi qurolli to‘qnashuvlarning aksariyati ichki to‘qnashuvlar hisoblanadi va ichki mojarolarga boshqa mamlakatlarning aralashishi vaziyatni murakkablashtirmoqda.
Guterrish dunyodagi barcha to‘qnashuvlarda sulh o‘rnatishga va asosiy e’tiborni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga qaratishga chaqirgan.
U avval ham dunyoda tinchlik o‘rnatish uchun jamoaviy harakat qilish vaqti kelganini ta’kidlagandi.