Dunyoda koronavirusdan vafot etganlar soni ortmoqda

Olam

image

Dunyoda o‘tgan bir hafta ichida deyarli 4 million kishi koronavirus bilan kasallangan, bu avvalgi 7 kunga nisbatan kamroq hisoblanadi. Qariyb 70 mingta o‘lim holati qayd etilgan. Bu esa o‘tgan hafta ko‘rsatkichlariga nisbatan ko‘p

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 23-29 noyabr kunlari butun dunyoda 3 mln 935 ming 330 ta COVID-19 kasalligi va 69 ming 916 ta o‘lim holati qayd etilgan. 

16-22 noyabr kunlarida esa 4 mln 60 ming 891 nafar kishi koronavirus yuqtirgan va 67 ming 221 nafar bemor virusdan vafot etgan. 

Ta’kidlanishicha, dunyo bo‘ylab kasallanish darajasi yuqoriligicha qolmoqda, shuningdek o‘lim darajasi ham oshmoqda. 

Qayd etilishicha, o‘tgan haftada Yevropada o‘lim soni 16-22 noyabrga nisbatan 5 foizga, Janubi-Sharqiy Osiyoda 4 foizga, Shimoliy va Janubiy Amerikada esa 2 foizga oshgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar 64 mlndan oshgan. 1,4 mln bemor vafot etgan. 

 2 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 73 ming 276 nafarni tashkil etmoqda. 611 nafar bemor vafot etgan. Sog‘ayganlar jami 70 ming 534 nafarga yetib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS DUNYo

Baholaganlar

199

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing