Dunyoda koronavirus bilan bog‘liq holat yanada keskinlashadi
Olam
−
03 noyabr 2020
9079Yaqin bir necha oy ichida dunyodagi koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq holat juda keskinlashadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Melita Vuynovich ma’lum qilgan.
"Global kesimda pandemiyaning og‘ir bosqichida turibmiz, ayniqsa, Shimoliy yarimsharda vaziyat murakkablashadi", degan Vuynovich.
Uning qayd etishicha, koronavirusga chalinish holatlari soni o‘sishda davom etmoqda. U hatto koronavirusga qarshi vaksina va davolash vositalari paydo bo‘lganida ham virusni faqat qator shartlarga rioya qilish orqali yengish mumkinligini ta’kidlagan.
Avvalroq, JSST rahbari Tedros Gebreyesus ham COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashgani to‘g‘risida ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 47 milliondan oshgan. Pandemiya boshlanganidan buyon 1,2 mln kishi vafot etgan.