Dunyo yetarli deyishi uchun G‘azoda qancha bola o‘lishi kerak? – shotlandiyalik vazir
Olam
−
28 Oktabr 2023
9200Dunyo yetarli deb aytishi uchun G‘azoda yana qancha bola o‘lishi kerak? Ushbu gapni Shotlandiyaning birinchi musulmon vaziri Hamza Yusuf o‘zining X sahifasida yozib qoldirdi.
X dagi postida Yusuf G‘azoning kuchli bombardimon ostida qolgani, telekommunikatsiyalar uzilib qolgani va deyarli 3 haftadan beri mintaqada qamalib qolgan oila a’zolari bilan bog‘lana olmayotganini qayd etgan.
“Biz faqat ular tunda omon qolishlari uchun ibodat qilishimiz mumkin. Dunyo yetarli deguncha yana qancha bola o‘lishi kerak?" deydi vazir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yusufning qaynotasi va qaynonasi G‘azoda qolmoqda. Yusufning so‘zlariga ko‘ra, ular G‘azoni tark eta olmagan va Britaniya Tashqi ishlar vazirligi xavfsiz o‘tishini kafolatlamagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an G‘azoga qilingan hujumlar uzoq vaqtdan beri o‘zini-o‘zi himoya qilish doirasidan o‘tib, ochiqdan ochiq shafqatsizlik, zo‘ravonlik, qirg‘in va vahshiylikka aylanib bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush joriy yilning 7 oktyabr kuni Isroil hududiga yuzlab raketalar otilgani bilan boshlangan. Isroil hukumati bunga javoban HAMASga qarshi urush e’lon qildi va G‘azo sektorini keng ko‘lamli o‘qqa tuta boshladi. Isroil tarafdan 1,4 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgani xabar qilindi. Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni esa 7 mingdan oshdi. Ularning 2913 nafari bola va 1709 nafari ayollardir.
LiveBarchasi