Dunyo sizlarni himoya qilolmaganidan afsusdaman – Shotlandiya vaziri Jabaliya qurbonlari haqida

Olam

image

G‘azo sektorida begunoh falastinliklarning o‘ldirilayotganiga e’tiborsizlikni so‘zsiz qoralash kerak. Bu haqda Shotlandiya Bosh vaziri Hamza Yusuf ma’lum qildi.

"Jabaliya qochqinlar lagerida (Isroil raketalaridan) halok bo‘lgan begunoh erkaklar, ayollar va bolalar, dunyo sizni himoya qila olmaganidan afsusdaman", deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Shuningdek, u jahon hamjamiyatini bolalar o‘limining oldini olishga chaqirib, ikki tomon ham tezroq o‘t ochishni to‘xtatishi zarurligini talab qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Isroilning G‘azo sektori shimolida joylashgan Jabaliya qochqinlar lageriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida yuzlab tinch aholi vakillari qurbon bo‘lgandi.

"Men non sotib olish uchun navbatda turgandim, to‘satdan va hech qanday ogohlantirishsiz yetti-sakkizta raketa qulab tushdi. Yerda yetti-sakkizta ulkan teshik bor edi, ular o‘ldirilgan odamlar bilan to‘la, hamma joyda tana qismlari sochilib yotardi. Qiyomat yuz bergandek tuyuldi”, degan edi voqea guvohi Muhammad Ibrohim.


Maqola muallifi

Teglar

Shotlandiya G'azo Hamza Yusuf

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing