Dunyo okeanida tarixdagi eng yuqori harorat qayd etildi
Bu qiziq
−
21:04 452 1 daqiqa
Olimlar dunyo okeanida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori haroratni qayd etdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
1979 yildan beri ushbu ko‘rsatkichni kuzatib kelayotgan Yer yuzini uzluksiz kuzatish bo‘yicha Yevropaning “Copernicus” dasturi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 22 avgust kuni okean yuzasidagi suvning o‘rtacha global harorati 21,1 darajaga yetgan. Avvalgi rekord – 21,09 daraja 2024 yilning mart oyida qayd etilgan.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bunday oqibatga El-Nino hodisasi va “o‘n yillab davom etgan inson omili ta’siridagi isish”ning birlashishi olib kelgan. “Copernicus” vakillari avgust oyida rekord haroratga erishilishi alohida xavotir uyg‘otayotganini ta’kidlamoqda, chunki odatda eng yuqori global harorat Janubiy yarimshardagi mart va aprel oylarida kuzatilar edi.
Okean haroratining ko‘tarilishi dengiz sathining oshishiga yordam beradi va ekstremal ob-havo hodisalari ehtimolini oshiradi, chunki iliqroq suv atmosferaga ko‘proq issiqlik va namlik uzatib, quruqlikdagi bo‘ronlar va anomal issiqni kuchaytiradi. Bundan tashqari, iliqroq okeanlar karbonat angidrid gazini yomonroq yutadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tinch okeanida shakllanayotgan El-Nino hodisasi so‘nggi bir asrdagi eng kuchli jarayonga aylanishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi