Hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tariladi – O‘zgidromet
Bu qiziq
−
12:29 852 1 daqiqa
Joriy yilning 6-9 oktyabr kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, bugun, 5 oktyabr kuni kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Havo haroratining yuqori qiymati 15-20 daraja bo‘ladi.
Havo harorati ertaga, 6 oktyabrda kechasi 5-10 daraja, shimolda 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi, 7-9 oktyabrda asta-sekin kechasi 10-15 darajagacha, kunduzi 20-25 darajagacha ko‘tariladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 oktyabrda Farg‘ona vodiysining ba’zi joylarida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 5 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Baland tog‘larda ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. 6-9 oktyabrda asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona viloyatining tog‘li hududlarida 8-9 oktyabrda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shuningdek, Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5-6 oktyabr kunlari 17-20 daraja bo‘ladi, 7-9 oktyabrda 22-25 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi. Harorat kechasi 6-7 oktyabrda 7-10 daraja bo‘ladi, 8-9 oktyabrda 12-15 darajagacha ko‘tariladi.