Hafta davomida harorat −2 darajagaça tuşadi – Özgidromet
Bu qiziq
−
16:57 1202 2 daqiqa
Özbekistonda hafta davomida asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Joriy yilning 28 oktyabr kuni ayrim hududlarda biroz yomğir yoğişi mumkin. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Joriy yilning 26-27 oktyabr kunlari Özbekiston hududi böyiça quruq ob-havo bölişi kutilmoqda. Şimol va çöl hududlarning ba’zi joylarida şamol tezligi 13-18 m/s gaça kuçayişi, çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. Kunduzgi havo harorati 15-20 daraja iliq, şimolda 10-15 daraja iliq atrofida böladi.
Joriy yilning 28 oktyabrida ba’zi joylarda biroz yomğir yoğadi, şimolda va şarqda esa yoğingarçilik kutilmaydi. Joriy yilning 29-30 oktyabr kunlari quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Harorat foni iqlim me’yoriga mos böladi. Havo harorati keçalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 17-22 daraja iliq, şimolda keçalari 2 daraja sovuq -3 daraja iliq, kunduz kunlari 12-17 daraja iliq böladi.
Şamol asosan şarqiy yönalişda 7-12 m/s tezlikda esadi. 28-30 oktyabrda respublikaning toğ oldi va toğli hududlarining ba’zi joylarida yomğir yoğişi, baland toğli hududlarda qorga aylanişi mumkin.
Şuningdek, Toşkentda hafta davomida yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduz kunlari 18-20 daraja, keçalari 8-10 daraja atrofida böladi.
Live
Barchasi