Dunyo Ikkinchi jahon urushidan xulosa chiqarmadi – Zelenskiy

Olam

image

Rossiyaning Ukrainaga qarshi qurolli tajovuzi va Qrimning okkupatsiya qilinishi insoniyat Ikkinchi jahon urushi fojiasidan yetarlicha dars olmaganini ko‘rsatadi. Ba’zi davlatlar esa dunyodagi ta’sir doirasini belgilash uchun harakatini davom ettiryapti. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida aytib o‘tdi.

Zelenskiy o‘tgan yili hech kim 2020 yil bunday og‘ir sinovlar tayyorlab qo‘yganini tasavvur qilmaganini ta’kidladi.

“Bugun bir San-Fransiskodagi muhim anjumanni eslaymiz. Urushdan keyingi qiyin davr ta’sischi-davlatlarni (BMTni tuzgan) yaxshiroq dunyo qurish uchun o‘zaro qarama-qarshiliklarni chetga surishga va birlashishga olib keldi”, dedi Zelenskiy.

Bundan tashqari, Zelenskiy XXI asrda dunyo mojaro, tajovuz, diktatura va inson huquqlari buzilishiga to‘lganini qo‘shimcha qildi.

“Qrimning okkupatsiya qilinishi va Rossiyaning Donbassdagi harbiy tajovuzi bundan xulosa chiqarilmaganini ko‘rsatadi. Men bu faqatgina Ukrainadagi urush emasligini eslatmoqchiman. Bu Yevropadagi urush. Bu nafaqat mustaqil davlat suverenitetiga tajovuz qilish emas, balki dunyodagi ta’sir doiralarini qaytadan bo‘lib olishga urinishga o‘xshaydi”, deya so‘zini yakunlagan Zelenskiy.

Ma’lumot uchun, kecha, 21 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yuqori darajadagi haftaligi ochiq, deya e’lon qilindi. BMT Bosh Assambleyasining yuqori darajali sessiyasi koronavirus pandemiyasi sabab ilk bor videoanjuman shaklida o‘tkazilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy

Baholaganlar

135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing