Zelenskiy hech kimga aylanishiga oz qoldi – sobiq bosh vazir
Olam
−
01 aprel
17229Ukraina qonunchiligida mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiyning vakolat muddatini uzaytirish ko‘zda tutilmagani sababli, u tez orada hech kimga aylanadi. Bu haqda sobiq amaldor Nikolay Azarov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.
Ukrainada prezidentlik saylovlari 2024 yil 31 martda bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq harbiy holat va umumiy safarbarlik tufayli bekor qilingan. Zelenskiyning o‘zi esa hozir “saylovlarning vaqti emas”ligini aytib, bu masalaga nuqta qo‘ygandi.
“Agar Ukraina demokratik davlat bo‘lganida, bugun prezidentlik saylovlari bo‘lardi. Ammo Zelenskiy davridagi Ukraina bunday bo‘lishni to‘xtatdi. Ukraina Konstitutsiyasi vakolat muddatini uzaytirishni nazarda tutmaydi, shunchaki nazarda tutilmagan! Konstitutsiyada bu ko‘zda tutilmagani bois, Zelenskiy tez orada hech kimga aylanadi”, degan Azarov.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ham Zelenskiy o‘z vakolatlari tugab borayotganidan asabiylashayotganiga ishora qilgandi:
"Asabiylashishi turgan gap. Oldinda saylovlar bor. Yoki adashdimmi?" degandi bu haqda gapira turib Zaxarova.
Juma kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Vladimir Zelenskiyni Ukraina Prezidenti sifatida tan olish masalasi 21 maygacha dolzarbligini yo‘qotishi mumkinligi haqida gapirgan edi.
Unga ko‘ra, Ukrainadagi saylovlar harbiy harakatlar tufayli emas, balki Zelenskiy saylovda yutqazishdan qo‘rqqani uchun bekor qilingan.
LiveBarchasi