Zelenskiy raketalari tugab borayotganini aytdi
Olam
−
07 aprel 2024
10938Agar Rossiya hududni bombardimon qilishda davom etsa, Ukrainaning havo hujumidan mudofaa raketalari tugab qolishi mumkin. Bu haqda Prezident Vladimir Zelenskiy kecha, 6 aprel kuni davlat televideniyesidagi chiqishida so‘z ochdi.
Ukraina rahbarining mudofaa tizimidagi vaziyat yomonlashayotgani haqidagi ogohlantirishi bosqinchilarning raketa va uchuvchisiz samolyotlardan foydalangan holda mamlakat energiya tizimi hamda muhim infratuzilmalarini nishonga olishi ortidan yangragan.
“Agar ular (Ukrainaga) oxirgi oydagidek har kuni zarba berishda davom etsa, bizda raketalar tugab qolishi mumkin va buni hamkorlar bilishi kerak”, degan u.
Bu bilan Zelenskiy ittifoqchilaridan zarur mudofaa qurollarini tezroq yetkazib berishni so‘ragan. Jumladan, u Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlariga bo‘lgan ehtiyojni alohida ta’kidlab, Ukrainaga ulardan yana 25 tasi kerakligini aytgan.
Murakkab AQSH havo mudofaa tizimi Rossiyaning ballistik va gipertovushli raketalariga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular bir necha daqiqada nishonlarni urishi mumkin.
Ma’lumot uchun, kecha Rossiya tomonidan raketa va dronlar yordamida Ukrainaning ikkinchi yirik shahri Xarkovning o‘qqa tutilishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lib, yana kamida 10 kishi yaralangandi.
LiveBarchasi