Zelenskiy davrida Ukraina “tilanchi”ga aylandi – Medvedchuk

Olam

image

Prezident Vladimir Zelenskiy davridagi Ukraina "tilanchi"ga aylandi va davlat sifatidagi mavqei yo‘qolib bormoqda. Bu haqda “Boshqa Ukraina” harakati rahbari Viktor Medvedchuk "Smotrim.ru" platformasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.  

“Oxiri nima bo‘ldi – Ukraina na o‘zini ta’minlashga, na o‘zini himoya qilishga qodir bo‘lmagan "tilanchi" davlatga aylandi. NATO Ukrainani to‘g‘ridan to‘g‘ri himoya qila olmasligi oldindan ma’lum edi. Aqli butun boshqa har qanday prezident NATOga a’zo bo‘lish hoyu-havaslaridan voz kechib, mamlakatga tinchlikni qaytargan bo‘lardi", degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy AQSH rahbari Jo Bayden va Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonsonning gaplariga uchib, mamlakat mustaqilligini xavf ostiga qo‘ygan. 

"Oqibatda, Ukraina Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi urush hududiga aylanib qoldi. Zelenskiy Ukraina xalqi uchun hech qachon yetakchi bo‘lmagan, u har qanday, hatto xayoliy siyosiy raqobatchilardan ham qo‘rqadi", deya qo‘shimcha qilgan siyosatchi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Braziliya ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida "frontda ahvol chatoq, tashabbus ruslar qo‘lida" qabilidagi gap-so‘zlarni "Kremlning to‘qima hikoyalari", deb atagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Zelenskiy Medvedchuk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing