Zelenskiy Ukrainani qayta tiklash uchun qancha mablag‘ kerakligini aytdi

Olam

image

Ukrainani tiklash uchun taxminan 700 milliard AQSH dollari kerak bo‘ladi. Bu haqda Prezident Vladimir Zelenskiy talabalar bilan uchrashuvida ma’lum qildi.

"Siz va men haqiqiy miqdorni bilmaymiz, chunki hali urush tugamadi. Urush yakuniga yetganidan keyin barchasi tahlil qilinadi. Asosan hamkorlarimiz Ukrainani qayta tiklash uchun mablag‘ ajratishga rozi", degan Zelenskiy.

Uning aytishicha, birinchi navbatda energetika, texnologiya va iqtisodiyot tizimini "oyoqqa turg‘azish kerak". Zelenskiy yaqin yillarda mamlakat Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo bo‘lishiga ham ishonch bildirgan.

“NATO bizning tashqi mudofaamiz hamda xavfsizligimiz kafolatidir. Ammo ichki himoyamizni mustahkamlab olishimizga ham ishonchim komil. Biz chegaralarimizda, shaharlarimizda, ko‘chalarimizda xavfsizlikni ta’minlaymiz. Kelajakda bularning barchasiga mutlaqo boshqacha yondashiladi”, deya qo‘shimcha qilgan davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainaning sobiq bosh vaziri Zelenskiyning hech kimga aylanishiga oz qolganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing