Dunyo bo‘ylab Falastinni tan oluvchi davlatlar ko‘paymoqda
Olam
−
13 avgust 5820 2 daqiqa
Falastin davlatini tan olishga va’da bergan davlatlar soni ortib bormoqda, hozirda 145 dan ortiq davlat xalqaro tan olish chaqirig‘iga qo‘shilmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.
Falastin davlatini tan olgan aksariyat davlatlar buni 1988 yilda Falastin Milliy Kengashi davlat deklaratsiyasidan keyin amalga oshirdi. 1990, 2000 va 2010 yillarda boshqa ko‘plab G‘arbiy bo‘lmagan davlatlar ham xuddi shunday yo‘l tutdi. Masalan, O‘zbekiston 1994 yilda Falastinni tan olgan.

2024 yilning bahorida Yevropa va Karib havzasidagi davlatlari, jumladan, Barbados, Irlandiya, Yamayka, Norvegiya va Ispaniya Falastin davlatini tan oldi. O‘shanda Irlandiya Bosh vaziri Saymon Xarris Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni “Dunyoni tinglashga va G‘azoda kuzatilayotgan gumanitar falokatni to‘xtatishga” chaqirgan.
Yaqinda Avstraliya, Kanada va Fransiya sentyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yig‘ilishida Falastin davlatini tan olish rejalarini e’lon qildi. Ayni paytda, Buyuk Britaniya ham shartli ravishda, agar Isroil G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, Falastin davlatini tan olishini aytdi.
Ushbu so‘nggi e’lonlar Qo‘shma Shtatlarni Isroil masalasi, harbiy kampaniya va yordam cheklovlari bo‘yicha ba’zi eng yaqin ittifoqchilaridan tobora ko‘proq ajratib qo‘ymoqda. Isroil Tashqi ishlar vazirligi esa Yevropa davlatlarining tan olish haqidagi bu da’vatlarini rad etdi va ularni “Bu tarzda HAMASni qo‘llamaslik”ka chaqirdi. AQSH Prezidenti Donald Tramp ham Falastinni davlat sifatida tan olinishi haqidagi chaqiriqlarni qoraladi.
Ushbu holat Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa gumanitar guruhlar tomonidan ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordamlari Isroil blokadasi tufayli G‘azoda ocharchilik inqirozi kuchayib borayotgan bir paytda sodir bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 31 iyul kuni AQSH Davlat departamenti Falastin milliy ma’muriyati (FMM) va Falastin ozodlik tashkilotiga (FOT) qarshi sanksiyalar kiritgandi.
Alisher Abdumalikxon
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr