Kurs UZS

USD

12 938.20

-26.23

EUR

14 710.73

-33.72

RUB

159.51

1.23

Dunyo bo‘yicha qatllar soni keskin oshdi

Bu qiziq

image

2024 yilda o‘lim jazolari soni so‘nggi 10 yil ichidagi eng yuqori darajaga yetdi. Bu haqda “Amnesty International” inson huquqlari tashkiloti bayonot berdi.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili dunyo bo‘yicha 1 518 kishi qatl etilgan. Bundan oldingi eng yuqori ko‘rsatkich – 2015 yilda 1 634 kishini tashkil qilgan. Qatllarning asosiy qismi (91 foizi) Eron, Iroq va Saudiya Arabistonida amalga oshirilgan. Umumiy qatl etilganlarning 40 foizi giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun o‘limga hukm qilingan.

Eron, Iroq va Saudiya Arabistoniga jami 1 380 ta qatl to‘g‘ri keladi. Qayd etilishicha, Iroqda qatl soni deyarli to‘rt baravar oshgan, Saudiya Arabistonida esa ikki baravar ko‘paygan. Eron esa o‘tgan yilga nisbatan 119 kishiga ko‘proq odamni qatl qilgan.

Tashkilot hisobotida aytilishicha, keltirilgan raqamlarga Xitoy, Shimoliy Koreya va Vetnamda qatl etilgan “minglab odamlar” kiritilmagan. Shuningdek, davom etayotgan harbiy mojarolar tufayli huquq himoyachilarining aytishicha, Falastin va Suriyadagi qatl holatlari bo‘yicha ishonchli ma’lumotlarni olish imkoni bo‘lmagan.

Shunga qaramay, “Amnesty International”ning qayd etishicha, 2024 yilda o‘lim jazolari atigi 15 davlatda ijro etilgan. Bu esa tashkilot tomonidan ketma-ket ikkinchi yil qayd etilayotgan rekord darajadagi past ko‘rsatkichdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yil Eronda oxirgi 30 yil ichida eng ko‘p odam qatl etilgani xabar qilingan edi. O‘tgan 2024 yil davomida ushbu mamlakatda 997 kishi qatl qilingan. Bu esa 2023 yilga nisbatan 16 foizga ko‘proq degani. 2024 yil oktyabr oyining o‘zida Eronda 170 kishi o‘limga hukm qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

inson huquqlari qatl Amnesty International

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing