Dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan mobil telefonlar ro‘yxati e’lon qilindi

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan 20 ta mobil telefonlar reytingi e’lon qilindi. Bu haqda texnologiyaga ixtisoslashgan “Gadgettendency” sayti xabar berdi.

20 ta eng yaxshi mobil telefon modelining aksariyati Nokia kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Nokia 1100 eng yuqori savdo hajmiga ega bo‘lib, ushbu modeldan umumiy hisobda 250 million dona sotilgan. Ikkinchi o‘rinni Nokia 1110 egalladi, undan o‘z vaqtida 248 million dona sotilgan. Uchinchi o‘rinni 224 million dona sotilgan iPhone 6 egalladi.

To‘rtinchi o‘rinni 200 million dona telefon bilan Nokia 105 egalladi. 200 million donadan ortiq sotilgan iPhone 6S beshinchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek, kuchli o‘nlikka iPhone 7 va iPhone 11 telefonlari kirdi, ular mos ravishda 161 million va 160 million savdo hajmi bilan sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarni egalladi. 147 million sotuv hajmi bilan iPhone 5 14-o‘rinni egalladi. iPhone 8 125 million dona bilan so‘nggi 20-o‘rinni band qilgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

reyting iPhone Mobil telefon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing