Dunyo aholisining 3,6 foizini migrantlar tashkil qiladi – BMT
Olam
−
17 dekabr 2022
4079Butun dunyoda bir mamlakatdan ikkinchisiga ko‘chib kelgan muhojirlar soni 280 milliondan oshdi, bu esa dunyo aholisining 3,6 foiziga to‘g‘ri keladi.
2000 yildan beri har yili 18 dekabr “Xalqaro migrantlar kuni” sifatida nishonlanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro Migratsiya Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil holatiga ko‘ra, butun dunyoda 281 million muhojir bor, bu o‘tgan yilga nisbatan 3,5 foizga ko‘pdir. Ularning 135 millioni ayollar, 146 millioni erkaklarni tashkil etadi.
Taqqoslash uchun, 1970 yilda butun dunyoda bor-yo‘g‘i 84 millionga yaqin muhojir bo‘lgan bo‘lsa, 1990 yilda bu ko‘rsatkich 153 millionga yetgan. Bu esa so‘nggi 50 yil ichida muhojirlar soni uch baravarga ko‘payganini anglatadi.
Shu bilan birga, mamlakatlardagi ichki migratsiya hajmi ham sezilarli darajada oshgan.
Aholining katta qismi ishsizlik, maishiy muammolar va ta’lim kabi sabablarga ko‘ra migratsiyaga murojaat qilmoqda. Ba’zilar harbiy to‘qnashuvlar, ta’qiblar, tabiiy ofatlar yoki boshqa fojiali hodisalar tufayli o‘z uylarini va mamlakatlarini tark etishga majbur bo‘lmoqda.
Aksariyat muhojirlar Yevropa (87 million) va Osiyoda (86 million) istiqomat qiladi. Sayyoraning bu ikki mintaqasida dunyodagi barcha muhojirlarning 61 foizi yashaydi. Migrantlar orasida mashhurlik bo‘yicha keyingi o‘rinlarda migrantlarning 20,9 foizi istiqomat qiluvchi Shimoliy Amerika va 9 foizi Afrikada joylashgan.
Lotin Amerikasi va Karib havzasi mintaqasi migrantlar soni eng yuqori o‘sgan mintaqalar bo‘lib, ularda muhojirlar soni ikki baravar ko‘paygan (taxminan 7 milliondan 15 milliongacha). Lotin Amerikasi va Karib.
Okeaniyada esa 9 million migrant ya’ni barcha muhojirlarning 3,3 foizi istiqomat qiladi.
Tashkilotning tahlillariga ko‘ra, 2019 yilda dunyo bo‘ylab qariyb 169 million mehnat muhojirlari bor edi. Bu dunyodagi barcha migrantlarning uchdan ikki qismini (62 foiz) tashkil etgan. Biroq, dunyo bo‘ylab migrantlarning 78 foizi mehnatga layoqatli yoshdaligi (15-64) aniqlangan.
Shuningdek, 2019 yilda mehnat muhojirlari orasida erkaklar soni 98,9 million kishini, ayollar 70,1 million kishini tashkil etdi. 102,4 million kishi yoki jami mehnat muhojirlarining 61 foizi uchta mintaqada: Shimoliy Amerika, Arab mamlakatlari, Shimoliy, Janubiy va G‘arbiy Yevropada istiqomat qiladi.
LiveBarchasi