Isroil BMT Bosh kotibini “persona non grata” deb e’lon qildi
Olam
−
02 Oktabr
9363Isroil BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishni "persona non grata" deb tan oldi va uning mamlakatga kirishini taqiqladi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Isroil Kats X’dagi sahifasida yozdi.
Uning aytishicha, bu qaror Guterrishning Eronning Isroilga hujumiga munosabati bilan qabul qilingan. Isroil Tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibni hujumni to‘g‘ri tahlil qilmaganlikda ayblagan.
“Dunyoning deyarli har bir davlati qilganidek, Eronning Isroilga qilgan jirkanch hujumini so‘zsiz qoralay olmasa, u Isroil tuprog‘iga qadam qo‘yishga loyiq emas. HAMAS, “Hizbulloh”, husiylar va hozirda global terrorning onasi bo‘lgan Erondan terrorchilar, zo‘rlovchilar va qotillarni qo‘llab-quvvatlagan Bosh kotib BMT tarixida dog‘ sifatida eslab qolinadi”, deb yozgan vazir.
23 sentyabr kuni Isroil Livanda "Shimolning o‘qlari" deb ataluvchi operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. 28 sentyabr kuni Isroil o‘zining havo hujumi bilan “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrullohni o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi. 1 oktyabrga o‘tar kechasi SAXAL Livan janubidagi chegara hududida “Hizbulloh” nishonlariga qarshi cheklangan, mahalliylashtirilgan va maqsadli reydlar boshlanganini e’lon qildi.
1 oktyabr kuni kechqurun Eron Isroilga raketalar bilan zarba bergandi. Isroil armiyasi radiosi Erondan Isroilga 200 ga yaqin raketa uchirilganini aytdi. Keyinroq Isroil harbiylari aniq ovoz chiqarib, aholi o‘z boshpanalarini erkin tark etishlarini bildirdi. Isroil Eronga "og‘riqli javob" berishga va’da berdi.
Ma’lumot o‘rnida, "persona non grata" diplomatik atama bo‘lib, qabul qiluvchi davlat tomonidan tasdiqlanishi rad etilgan xorijiy shaxs.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Bosh kotibi Livan ikkinchi G‘azo bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi