Duma dunyo parlamentlarini Ukrainani qoralashga chaqirdi. O‘zbekistondan javob bo‘ladimi?
Olam
−
22 noyabr 2022
8859Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi bugun, 22 noyabr kuni o‘tayottgan yalpi majlisda rossiyalik harbiy asirlarning ukrainalik millatchilar tomonidan qatl etilishi munosabati bilan bayonot qabul qildi, unda deputatlar dunyo parlamentlarini Kiyev rejimining jinoyatlarini qoralashga chaqirdi. Bu haqda TASS yozmoqda.
Hujjat kecha, 21 noyabr kuni Dumaning Mudofaa va xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitalari tomonidan ko‘rib chiqish uchun palataga taqdim etilgan. Unda aytilishicha, deputatlar Kiyev rejimining navbatdagi qonli jinoyati – asirlikda bo‘lgan rossiyalik harbiylarning qatl etilgani haqidagi xabarni g‘azab bilan qabul qilgan.
“Davlat Dumasi deputatlari dunyo davlatlari parlamentlarini Kiyev rejimining jinoyatlarini so‘zsiz qoralashga, g‘ayriinsoniy qotillikning bevosita aybdorlarini, shuningdek, ularning homiylarini javobgarlikka tortishga yordam berishga chaqiradi”, deyiladi xabarda.
Parlament a’zolari ta’kidlaganidek, harbiy asirlarni qasddan o‘ldirish Ukraina tomonidan xalqaro gumanitar huquqning, jumladan, 1949 yildagi harbiy asirlar bilan muomala qilish to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyasi va xalqaro inson huquqlari standartlari, shu jumladan Qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazolarga qarshi 1984 yilgi Konvensiyaning qo‘pol ravishda buzilishidir.
Dumaning qarori va bayonotlari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti, Rossiya Federatsiyasi hukumati va Federatsiya Kengashiga taqdim etiladi. Bundan tashqari, Parlamentlararo ittifoq, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Parlament assambleyasi, MDHga a’zo davlatlarning Parlamentlararo assambleyasi, Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va BMTga a’zo davlatlar Parlament Assambleyasiga hujjatlar yuborilmoqda.
O‘zbekiston ko‘plab tashkilotlar doirasida tuzilgan Parlament Assambleyalariga a’zo va Rossiya Dumasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot ham qilib keladi.
Ma’lumot uchun, Rossiya Tergov qo‘mitasi asirga olingan rossiyalik harbiylarning Ukraina Qurolli kuchlari vakillari tomonidan ommaviy qatl etilgani fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan edi. Joriy yilning 18 noyabr kuni Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, ish qo‘zg‘atilishiga Ukraina harbiylari (tan olinmagan) Lugansk xalq respublikasi hududida qo‘lga olingan kamida 11 qurolsiz rossiyalik harbiyni otib tashlagan video asos bo‘lgan.
LiveBarchasi