Dubaydan qaytgan Obameyangda koronavirus aniqlandi

Sport

image

Bugun, 6 noyabr kuni Londonning “Arsenal” klubi va Gabon terma jamoasi hujumchisi Per-Emerik Obameyang koronavirusga chalindi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Obameyang bir kun avval Dubaydagi bazmlardan birida ishtirok etgan. Unda Gabon terma jamoasining yana bir futbolchisi, hozirda “Nitssa”da o‘ynayotgan Mario Lemina ham qatnashgan. Hozirda har ikki futbolchiga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 yanvar kuni Afrika Millatlar kubogi start oladi. Obameyang va Lemina muhim xalqaro turnir arafasida o‘zlarining beparvoliklari sabab futbol jamoatchiligi tomonidan jiddiy tanqidga uchradi. Ikkala futbolchi ham Gabon terma jamoasining asosiy o‘yinchilari hisoblanadi, ammo 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan birinchi o‘yinda o‘z jamoasiga yordam bera olishmaydi.

Ma’lumot uchun, Obameyang intizomni buzgani uchun “Arsenal”da sardorlik bog‘ichidan mahrum qilingan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Obameyang Nitstsa Afrika millatlar kubogi Mario Lemina

Baholaganlar

3

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing