Dubayda qarovsiz qolgan bolalar O‘zbekistonga olib kelindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi shu davlatda istiqomat qilayotgan faol vatandoshlar, Amirlikdagi “Ayollar va bolalarga yordam ko‘rsatish markazi” xayriya tashkiloti hamda milliy aviakompaniya hamkorligida 3 nafar qarovsiz qolgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytardi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, 2022 yilning aprel oyidan Dubay Politsiya Qo‘mondonligi huzuridagi hibsxonada saqlanilayotgan O‘zbekiston fuqarosi D.S. qarovsiz qolgan 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari Bosh konsulxona ishtirokida uy-joy, oziq-ovqat va boshqa kerakli narsalar bilan ta’minlab kelingan.

Vakolatxona tomonidan BAA Tashqi ishlar vazirligi va maxalliy politsiya vakillari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida D.S. va uning 3 nafar farzandlari o‘rtasida onalikni belgilash bo‘yicha DNK tekshiruvlari qayd qilinib, natijada O‘zbekiston fuqarosining uchala bolaning biologik onasi ekani aniqlangan.

“Ayolning farzandlariga mahalliy idoralar tomonidan tug‘ilganlik haqida guvohnomalar rasmiylashtirilib, Vatanga qaytish guvohnomasi asosida ular Dubay-Toshkent aviaqatnovi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi”, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Interpolning Toshkent va Abu-Dabidagi MMBlarining hamkorlikdagi harakatlari natijasida xalqaro qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi ayol qo‘lga olingan edi. Bundan tashqari, xotin-qizlarni xorijiy valyutada baholab, turli mijozlarga intim xizmatlar ko‘rsatish uchun sharoit yaratib bergan hamda ularni Rossiya Federatsiyasining Qozon, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shaharlariga olib borib tazyiq va zo‘ravonlik ostida ularni majburan shahvoniy ekspluatatsiya qilib kelgan guruhlar aniqlangan edi


Maqola muallifi

Teglar

Dubay BAA Bosh konsulxona qarovsiz qolgan bolalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing