Özbekistonning Mozori Şarifdagi konsulxonasi qayta taşkil etiladi
O‘zbekiston
−
920 2 daqiqa
Joriy yil 1 dekabrdan Afğonistonning Mozori Şarif şahridagi Özbekiston konsulxonasi Boş konsulxona sifatida qayta taşkil etiladi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziyev ma’lum qildi.
Uning bildirişiça, Özbekiston va Afğoniston örtasida savdo-iqtisodiy aloqalar, transport-logistika sohasidagi hamkorlik va mintaqaviy boğliqlik tobora rivojlanib, ikki mamlakat örtasidagi amaliy hamkorlik uçun yangi imkoniyatlar oçilmoqda.
Uşbu jarayonlarni qöllab-quvvatlaş, özaro aloqalarni yanada faollaştiriş va konsullik xizmatlari samaradorligini oşiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli farmoniga muvofiq, 2026 yil 1 dekabrdan Mozori Şarif şahridagi Özbekiston konsulxonasi Boş konsulxona sifatida qayta taşkil etilmoqda.
“Mazkur farmon, xususan, ikki mamlakat örtasida savdo hajmini oşiriş, transport-logistika salohiyatidan samarali foydalaniş va iqtisodiy hamkorlikning yangi yönalişlarini rivojlantiriş uçun yaratilayotgan imkoniyatlar nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi”, deyiladi xabarda.
Bildirilişiça, konsullik muassasasi maqomining oşirilişi uşbu vazifalarni amalga oşirişda konsullik faoliyatini yanada kuçaytiriş, fuqarolar va tadbirkorlar manfaatlarini himoya qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda Özbekiston-Afğoniston munosabatlarining amaliy mazmunini yanada boyitişga xizmat qiladi.
Ma’lumot uçun, Afğonistonning Termizdagi diplomatik vakolatxonasi ham Boş konsulxona maqomiga ega.
Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga borgan edi. Taşrif davomida delegatsiya a’zolari Alişer Navoiy yodgorligi quriliş jarayonini közdan keçirgan.
Live
Barçasi