Dua Lipa Jahon chempionati ochilish marosimida kuylamaydi

Sport

image

Britaniyalik mashhur xonanda Dua Lipa Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi Jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

“Jahon chempionatining ochilish marosimida chiqish qilishim haqida xabarlar bor. Men bu xabarlarni tasdiqlay olmayman, chunki bu masalada hech kim bilan, hech qanday muzokara o‘tkazganim yo‘q. Men mundialda Angliyani qo‘llab-quvvatlayman va turnirga tashrif buyurishni intiqlik bilan kutaman”, deb yozib qoldirdi Dua Lipa ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Ochilish o‘yinida mezbon Qatar Janubiy Amerika vakili Ekvador termasi bilan to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar Dua Lipa

Baholaganlar

249

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing