DTM OTMga kirish imtihonlari muddati ko‘chirilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, akademik litseylarga dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlarni o‘tkazish vaqti ma’lum bir muddatga surilgani haqida xabar bergan edik.

Biroq ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlari karantin sabab sentyabr oyiga qoldirildi, deb talqin qilindi. Natijada ko‘plab fuqarolar xabarni to‘liq o‘qimasdan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari sentyabr oyiga qoldirildi, degan xulosaga keldi.

Davlat test markazi kirish imtihonlari kechiktirilgani haqaidagi xabarlarga munosabat bildirib, bu ma’lumotn rad etdi.

“Shuni ma’lum qilamizki, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini o‘tkazish muddatlari sentyabr oyiga surilgani yo‘q va imtihonlarni amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra avgust oyida o‘tkazish rejalashtirilgan”, deyiladi DTM xabarida.

Eslatib o‘tamiz, akademik litseylarga saralash imtihonlarining o‘tkazilishi joriy yil sentyabr oyining birinchi yarmida rejalashtirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

imtihon DTM

Baholaganlar

337

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing