DTM qoshida Xalqaro o‘quv-ilmiy markazi tashkil etiladi

Jamiyat

image

Davlat test markazi qoshida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Xalqaro o‘quv-ilmiy markazi tashkil etilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasida ma’lum qilingan. 

Xalqaro o‘quv-ilmiy markazning vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

•    xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda shartnoma asosida qisqa yoki uzoq muddatli testologiya yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kurslarini tashkil etish;

•    manfaatdor vazirlik va idoralar, tashkilotlar xodimlari hamda xohlovchilarni chet tillari bo‘yicha malakasini oshirish;

•    tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda chet tilini bilish va egallash darajasini baholash bo‘yicha xalqaro tan olingan tashkilotlar sinovlarini hamkorlikda tashkillashtirish.

Xalqaro o‘quv-ilmiy markaz faoliyati, ushbu markaz tomonidan  ko‘rsatilgan xizmatlardan tushgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.

Xalqaro o‘quv-ilmiy markaz rahbari Davlat test markazi direktori tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Davlat test markazi

Baholaganlar

3

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing