DTM imtihondagi xarajatlari haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Davlat test markazi 2020-2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga sarflangan mablag‘lar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2020-2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari 2-13 sentyabr kunlari hamda qo‘shimcha test sinovlari 17 sentyabr kuni o‘tkazilgan.

Bunda test sinovlariga guruh nazoratchisi sifatida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tizimidan 3 882 nafar pedagog xodimlar jalb etilgan.

Davlat komissiyasini 2020 yil 19 iyuldagi 1-son bayoni bilan test sinovlariga jalb qilinadigan bino rahbarlari va guruh nazoratchilarining mehnatiga haq to‘lash bir kuniga 250 848 so‘m (daromad solig‘i chiqarib tashlaganda 218 238 so‘m) miqdorida belgilangan bo‘lib, guruh nazoratchilarining ish haqi 11 578 830 120 so‘mni tashkil etgan.

Ochiq maydonlar ijarasi uchun esa Botanika bog‘i, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi va Paxtakor sport majmuasiga 127 592 394,68 so‘m to‘langan.

Shuningdek:

•    tibbiy niqob uchun (900 so‘mdan 1 mln 517 ming dona) 1 mlrd 365 mln so‘m;

•    tibbiy qo‘lqop uchun (700 so‘mdan 3 mln 034 ming dona) 2 mlrd 124 mln so‘m;

•    ichimlik suvi uchun (900 so‘mdan 1 mln 517 ming dona) 1 mlrd 365 mln  so‘m;

•    ruchka uchun (330 so‘mdan 1 mln 517 ming dona) 500 mln so‘m;

•    kepka uchun (198 ming dona) 1 mlrd 698 mln so‘m;

•    nazoratchilarning tushligi uchun (13 kunga 12,6 ming dona tushlik, 31 ming so‘mdan) 1 mlrd 587 mln so‘m sarflangan.

Shu tariqa Davlat test markazining 2020-2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari uchun 20 mlrd 220 mln 417 ming 138,28 so‘m sarflangan.

Ma’lumot uchun, joriy yil OTM kirish imtihonlari uchun hujjat topshirgan 2019/2020 o‘quv yilidan oldin bitirgan 947 941 nafar abituriyent (birinchi va ikkinchi guruh nogironlaridan tashqari) bazaviy hisoblash miqdorining yarmi (111 500 so‘m) miqdorida to‘lov qilgan bo‘lsagina test sinovlariga qo‘yilishi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

imtihon DTM

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing