DTM bu yil abituriyentlardan qancha pul yig‘gani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Bu yil oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirish jarayonida ikkinchi marta omadini sinayotgan abituriyentlardan 80 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yig‘ilgan. Bu haqda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Joriy yilgi test sinovlari uchun abituriyentlardan 80 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ kelib tushgan.

Imtihonlar o‘tkazilgan stadionlarning faqat 2-3 tasi bilan shartnoma tuzib, mablag‘ o‘tkazib berdik. Qolgan stadionlar hokimliklar tomonidan taqdim etilgan. Ya’ni ularga DTM mablag‘lari sarflanmagan”, degan Sardor Rajabov.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun 111 ming 500 so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirishdi.


Maqola muallifi

Teglar

DTM abturient

Baholaganlar

136

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing