DSQ xodimlaridan olingan koronavirus test tahlillari natijasi ma’lum qilindi
Jamiyat
−
25 may 2020
12817Avvalroq, Davlat soliq qo‘mitasining bir hodimida koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Shundan so‘ng qo‘mitaning boshqa xodimlaridan olingan test tahlili natijasiga ko‘ra, ularning birontasida koronavirus aniqlanmadi. Bu haqda bugun, 25 may kuni qo‘mita Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 2020 yil 23 may kuni koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida, Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy apparati barcha xodimlaridan COVID-19 ga test tahlillari olindi. Test tahlili natijalariga ko‘ra, bironta ham koronavirus infeksiyasi bilan zararlanish holati aniqlanmadi.
Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy apparati barcha xodimlari mehnat qonunchiligiga va karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda avvalgi rejimda ishlashni davom ettiradi.
LiveBarchasi