Dovondagi YTH, hukmi o‘qilgan Jo‘rayev, Abduhakimovning hisoboti va boshqa xabarlar
Jamiyat
−
02 avgust 2019
53742 avgust kuni ham nihoyasiga yetyapti. Quyida bugunning eng muhim xabarlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Prezident yangi qarorni imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qarorning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Dovondagi YTHda mashina daryoga quladi. O‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Tojikistonda yuz bergan yo‘l-transport hodisasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana biri jarohatlandi. YTH joriy yilning 30 iyul kuni So‘g‘d viloyatidagi Shahriston dovonida sodir bo‘lgan va avtomobil daryoga qulagan. Natijada O‘zbekiston furqarosi A.D. vafot etgan. Boshqa o‘zbekistonlik A.N. jarohat olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Yana miting o‘tkazishmoqchi
Moskva ma’muriyati 10 avgust kuni Akademik Saxarov prospektida mustaqil nomzodlarni “Qabul qilish uchun” aksiyasini o‘tkazishga kelishib oldi, dedi Moskva mintaqaviy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Vasiliy Oleynik.
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov hammasini aytdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Vazirlar Mahkamasining 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2019 yil birinchi yarmida bajarilishining borishi to‘g‘risidagi hisoboti parlamentda eshitildi. Hisobotni Bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimov taqdim etdi.
O‘zbekistonliklar o‘rtasidagi janjalda bir kishi qurbon bo‘ldi
Kecha, 1 avgust kuni Koreya Respublikasi O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘ldi. Bu haqda TIV Matbuot xizmat xabar berdi. O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Kyongbuk provinsiyasida yuzaga kelgan o‘zaro janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi R.T. jarohat olib, vafot etdi.
Yonayotgan o‘rmonni qutqarish kampaniyasi boshlandi
Rossiyaning Sibir o‘lkasida kuchli o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘layotgani bois Irkutsk, Krasnoyarsk, Buryatiya va Yakutiyaning alohida hududlarida “Favqulodda holat” e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.
Yong‘inlar hamon davom etyapti va tobora kengayyapti. FVV xabariga ko‘ra, yong‘in tayga o‘rmonlarining 300 mln gektarini qamrab olgan. Bu taxminan Belgiya hududiga teng. Alanga tutuni sharqqa tomon harakatlangani bois, endi u Alyaskadan ham ko‘rinyapti. Qora tutun Kanada va hatto, Amerikaning Vankuver va Sietl shaharlari sohillariga ham yetib borgan.
Tovuq, quyon va baliq yana qaysilari?
2019 yil 1 iyundan boshlab eksportyorlar tirik va so‘yib tayyorlangan tovuq, quyon va baliq mahsulotlarini alohida Hukumat ruxsatisiz eksport qilishiga ruxsat berilgan.
Bu haqda Iqtisodiyot va sanoat hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari tomonidan Axborot va kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Saudiyalik ayollarga birdan ikki huquq berildi
Saudiya Arabistonida qator qonunlarga o‘zgartirish kiritilishi natijasida qirollik ayollari mustaqil ravishda chet elga chiqish pasportlari olishi va voyaga yetmaganlarga vasiylik qilishi mumkin bo‘ldi.
Kirakashlar har bir buyurtma uchun soliqqa tortilishi mumkin
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasida taksi transporti faoliyatini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.
Qarorga muvofiq kirakashlardan har bir buyurtma uchun haydovchisi 4 foiz soliqqa tortiladi.
Toshkentda 4 avtomobilni daraxt bosib qoldi
Poytaxt Toshkentda ko‘p yillik chirigan daraxtlarning avtomobillar ustiga ag‘darilishi bilan bog‘liq holatlar davom etmoqda. Ana shunday hodisalardan biri bugun, 2 avgust kuni soat 14:30 da Toshkentning Mirobod tumani, Afrosiyob ko‘chasida qayd etildi.
Ko‘p yillik daraxt avtomobillar to‘xtash joyida turgan to‘rt mashina – Captiva, ikkita Cobalt va Spark ustiga ag‘darildi.
Ichki ishlar xodimi piyodaning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Unga chora ko‘riladimi?
Joriy yilning 20 iyul kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida bir kishi halok bo‘lgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
20 iyul kuni soat taxminan 22:30 larda Bo‘stonliq tumani Qoronqul qishlog‘i yaqinida katta tezlikda kelayotgan Lacetti Gentra piyodani urib ketgan. 60 yoshlarda bo‘lgan piyoda voqea joyida qurbon bo‘lgan.
Chorvoqda cho‘kkan ikkinchi yigitning ham jasadi topildi
Joriy yilning 24 iyul kuni Chorvoq suv omboriga cho‘kkan yigitlardan yana biri 1996 yilda tug‘ilgan Anvar Ilhomovning jasadi bugun, 2 avgust kuni topilgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan xabar qilindi.
Turobjon Jo‘rayev va uning hamtovoqlariga hukm o‘qildi
Bugun, 2 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining yopiq sud majlisida sobiq hokim Turobjon Jo‘rayev va uning jinoiy sheriklariga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
“Jinoiy guruh rahbari” deya ko‘rsatilgan Turobjon Jo‘rayev Samarqand shahrida ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun pudratchilardan jami 2 140 000 AQSH dollari miqdorida pora olganligi aniqlanib, JKning 205 (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chiqish) va 210 (Pora olish) moddalari bilan aybdor deb topilgan va 13 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
LiveBarchasi