Dovonda An-2 samolyoti halokatga uchradi
Jamiyat
−
05 avgust 2019
7409Kecha, 4 avgust kuni Tojikistonda An-2 samolyoti halokatga uchradi. Natijada bir kishi vafot etdi, yana biri jarohatlandi. Voqea Fahrobod dovonidagi aeroklubda yuz berdi.
APning Armiya, aviatsiya va flotga ko‘maklashish ko‘ngillilar jamiyati vakili Abduraqib Qodirovga tayanib, xabar berishicha, samolyot keskin qo‘nishni amalga oshirgan.
Halokatdan keyin uchuvchilar – 62 yoshli Ilhom Rahmatov va 20 yoshli Baxtiyor Davlatov Xuroson tumanidagi shifoxonaga yotqizilgan. Biroq shifokorlar Ilhom Rahmatovning hayoti saqlab qololmagan.
Fojia 8 kishi parashyutdan sakraganidan keyin qo‘nish vaqtida sodir bo‘lgan. Ayni vaqtda halokatning sabablari o‘rganilyapti.
LiveBarchasi