Yaqin orada Chilonzorda boshqaruv kompaniyalari XUJMSH o‘rnini egallaydi

Jamiyat

image

Uy-joy kommunal xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash, davlat-xususiy sheriklik asosida soha korxonalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida Chilonzor tumanida ko‘p qavatli uy-joy binolarini boshqaruv kompaniyalariga biriktirish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Tanlov ko‘p qavatli turar joylarni saqlash, ulardan foydalanish va ta’mirlash yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan boshqaruv kompaniyalari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlovda ko‘p qavatli uy-joy fondini munosib saqlash va ularga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun boshqaruv kompaniyalari turar-joylar mulkdorlarining ishonchli shaxslari bilan birgalikda tanlab olinadi.

Chilonzorda ishlashni xohlovchi boshkaruv servis kompaniyalari tumandagi 4 ta sektordagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tanlovda ishtirok etishlari mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

qaror farmatsevtika dori-darmon

Baholaganlar

22

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing