“Dorian” qurbonlari soni ortmoqda

Olam

image

“Dorian” to‘foni oqibatida Bagama orollarida kamida 20 nafar odam halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda. 
Ta’kidlanishicha, qurbonlar soni vayronalarni tozalash chog‘ida aniqlangan.

Dastlab Bagama orollari Bosh vaziri Xyubert Minnis besh nafar qurbonlar haqida xabar bergan edi. Shuningdek, u sohil qo‘riqlash xizmati Abakoda bir nechta og‘ir jarohatlanganlarni qutqarishga muvaffaq bo‘lganini va ular kasalxonaga yuborilganini aytgan edi.
AQSHning to‘fonlarni kuzatish bo‘yicha milliy markazi ma’lumotiga ko‘ra, to‘fon markazidagi shamol kuchi soatiga 230 kilometrni tashkil qildi. Orollar aholisi to‘fon to‘xtamaguncha boshpanalaridan chiqmaslikka chaqirilmoqda. 

“Dorian” bilan taqqoslanadigan to‘fon Bagama orollarida 1992 yildan beri sodir bo‘lmagan edi. Tabiiy ofatdan taxminan 25 – 40 milliard AQSH dollari qiymatida zarar ko‘rildi. 

Eslatib o‘tamiz, to‘fon oldidan Janubiy Karolina, Jorjiya va Florida shtatlari rahbarlari tomonidan bir milliondan ortiq odamni evakuatsiya qilinishi haqidagi  e’lon qilgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

dovul qurbonlar

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing