Donnarumma “Milan”ga qaytishi mumkin 

Sport

image

PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma “Milan”ga qaytishi mumkin. Bu haqda “Football Italia” nashri xabar berdi. 

Manbaning xabariga ko‘ra, ushbu xarid “Milan” Investcorp tomonidan qo‘lga kiritilganidan keyin sodir bo‘lishi mumkin. Qayd etilishicha, darvozabonning “rossonerilar” safiga qaytish ehtimoli ancha past.

Joriy mavsumda 23 yoshli italiyalik darvozabon PSJ safida Fransiya chempionatida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol o‘tkazib yuborgan. To‘rtta uchrashuvda u o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Donnarumma 2021 yilning yozida PSJ tarkibiga erkin agent sifatida qo‘shilgan edi. Bungacha u Italiyaning “Milan” jamoasida to‘p surgan. Darvozabon va fransuz klubi o‘rtasidagi kelishuv 2026 yilda yakuniga etadi. “Transfermarkt” portali darvozabonning qiymatini 65 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Milan Donnarumma

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing