Doniyor Toshxo‘jayev “GUVD”ga qaytdi

Jamiyat

image

Polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, 2022 yilning fevralidan buyon ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgan Ulug‘bek Tursunov endilikda faoliyatini Ichki ishlar vazirligida davom ettiradi. 

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov QALAMPIR.UZ bilan suhbatda tayinlovlar haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi. Biroq Toshkent shahar IIBB saytining rahbariyat bo‘limidan Ulug‘bek Tursunovning nomi o‘chirib yuborilgan. 

Polkovnik Doniyor Toshxo‘jayev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan davrlarida tilga tushgan. U 2019 yilning iyul oyiga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritdi. Iyul oyida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
2020 yilning 21 yanvar kuni Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimini egalladi.

Oxirgi yillarda u Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Doniyor Toshxo'jaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing