Donald Tramp va Kim Chen In uchrashishi mumkin

Olam

image

Yaqin orada AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borishi mumkin. Bu haqda “The Korea Times” xabar berdi.

Qayd etilishicha, agar AQSH Shimoliy Koreyaning to‘liq yadrodan voz kechishini amalga oshirishning imkonsizligini anglab yetadigan bo‘lsa, kichikroq kelishuvlarga, masalan, qurollarni nazorat qilish yoki qurolsizlanish bo‘yicha bitimlarga o‘tishi mumkin.

Shimoliy Koreya hokimiyati ushbu ma’lumotni yopiq eshiklar ortidagi parlament yig‘ilishida taqdim etgan.

"Tramp o‘zining birinchi muddatida Kim Chen In bilan o‘tkazgan muzokaralarini asosiy yutuqlaridan biri sifatida ta’kidladi, shuning uchun Kim bilan yana muzokaralar olib borish imkoniyati mavjud", deyiladi xabarda.

Qolaversa, Trampning so‘nggi tayinlovlari ham muzokaralarning qayta boshlanishiga imkoniyat yaratishi mumkin. Tramp Germaniyadagi sobiq elchisi Richard Grenellni Shimoliy Koreyada maxsus missiyalar bo‘yicha prezidentning elchisi lavozimiga tayinlagan va Trampning birinchi muddatida Shimoliy Koreya bilan yadro bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etgan Aleks Vongni esa milliy xavfsizlik bo‘yicha asosiy o‘rinbosar sifatida tayinlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan oldindan hech qanday shartlarsiz uchrashishga tayyorligini ma’lum qilgandi. Keyinchalik, kutilayotgan uchrashuv Shveysariyada bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida ham xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Kim Chen In Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing