Donald Lu O‘zbekistonga kelmoqda

Olam

image

AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu O‘zbekistonga kelmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Oliy darajadagi erishilgan kelishuvlarga muvofiq, joriy yilning 13 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi Strategik sheriklik muloqotining birinchi (inauguratsion) majlisi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rahbarlik qiladi. Amerika tomonidan AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etadi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 oktyabr kuni AQSH Davlat kotibining o‘rinbosari Uendi Sherman O‘zbekistonga kelib, Prezident Mirziyoyev qabulida bo‘lgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Lu

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing