Saida Mirziyoyeva ham Blinkenning yordamchisi bilan uchrashdi
Jamiyat
−
07 noyabr 2023
8068Bugun, 7 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ayni damda O‘zbekistonda bo‘lib turgan AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, muloqot davomida ta’lim, madaniyat, ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlash kabi sohalarda mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan.
Shuningdek, O‘zbekistonda OAV faoliyati va fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda inson huquqlari sohasida o‘zaro hamkorlik yuzasidan fikr almashilgan.
Aytish joiz, avvalroq AQSH Davlat departamenti Donald Lu Qozog‘iston, O‘zbekiston va Hindistonga safar qilishini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 noyabr kuni Donald Lu boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi O‘zbekistonga kelgani va O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi