Blinkenning yordamchisi “Chorsu”da hasip yedi (video)
Bu qiziq
−
10 noyabr 2023
19258AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu O‘zbekistonga safari davomida Toshkent shahridagi “Chorsu” bozoriga bordi. Bu haqdagi videoni AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qildi.
Videodan ko‘rish mumkinki, Donald Luga AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik hamrohlik qilgan. Ular dastlab "Chorsu" dehqon bozorini aylangan. Videoda Donald Lu va Jonatan Henikning qurut tatib ko‘rgani va Lu o‘zbek tilida “mazza” deganini ko‘rish mumkin.
Shundan so‘ng AQSH rasmiylari Chorsu ovqat bozoriga o‘tgan. U yerda amerikalik amaldorlar o‘zbek milliy taomlari, jumladan, hasip, norin, xonim, somsadan tatib ko‘rgan. Shundan so‘ng ular sotuvchiga o‘zbek tilida “rahmat” deb minnatdorlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Donald Lu O‘zbekistonga safari davomida Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan uchrashuvlar o‘tkazgandi.
LiveBarchasi