AQSH O‘zbekiston mustaqilligi va suverenitetini qo‘llashga tayyorligi aytildi
Jamiyat
−
09 noyabr 2023
5212AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha o‘rinbosari Donald Lu Toshkentda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov bilan uchrashdi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti tomonidan e’lon qilgan hujjatda ma’lum qilingan.
7 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi Strategik sheriklik muloqotining uchinchi sessiyasida AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qator masalalar ko‘tarilgan.
Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy qo‘llab-quvvatlashini, shuningdek, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlangan.
Tomonlar Afg‘onistonda gumanitar faoliyatni davom ettirish va C5+1 diplomatik formati doirasida konstruktiv sheriklikni mustahkamlash kabi mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashgan.
Delegatsiyalar savdo va investitsiyalar hajmini yanada oshirish va diversifikatsiya qilish, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida islohotlarni ilgari surish, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, iqlim inqirozini birgalikda hal qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikdagi iqtisodiy sheriklik muhimligini qayd etgan. Amerika tomoni O‘zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan islohotlarni olqishlagan.
AQSH va O‘zbekiston qadimiy san’at, artefaktlar va madaniy boyliklarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashda mamlakatlarning diplomatik aloqalarini mustahkamlovchi ikki tomonlama Madaniy meros to‘g‘risidagi bitimni imzolagan.
Delegatsiyalar ishchi guruhlarning ekspertlar darajasidagi uchrashuvlarini davom ettirish niyatida. AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik bo‘yicha navbatdagi muloqot 2024 yilda Vashingtonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi