“Domodedovo”dan haydalgan 300 muhojir bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Jamiyat
−
02 aprel 2020
9461Avvalroq, Moskva shahridagi “Domodedovo” aeroportidan Markaziy Osiyo davlatlaridan bo‘lgan 300 nafar mehnat muhojiri haydab chiqarilgani haqida xabar bergan edik. Ularning 200 nafardan ko‘prog‘i Tojikiston fuqarosi ekani aytilgandi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi mazkur holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berib, aeroportdan haydab chiqarilgan muhojirlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini ta’kidladi.
Diplomatik vakolatxonaga ko‘ra, “Vnukovo” va “Sheremetevo” aeroportlarida bo‘lgan vatandoshlarning aksariyati charter reyslarida O‘zbekistonga olib ketilgan.
Moskvada yashashga imkoni bo‘lmagan 160 ga yaqin o‘zbekistonliklar navbatdagi charter reyslari tashkil etilgunga qadar hostel (yotoqxona)ga joylashtirilgan.
“Yurtdoshlarimizga yashash uchun barcha sharoit yaratilgan. Xususan, vatandoshlarimizga kuniga uch mahal issiq ovqat tashkil etilgan, ular bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi