“Dolzarb qirq kunlik” doirasida qo‘lga olingan yana ikki kishiga sud hukmi o‘qildi
3-sahifa
−
19 may
12599Toshkentda “Dolzarb qirq kunlik” tadbirlari doirasida qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan yana ikki kishiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudining 24 apreldagi hukmiga ko‘ra, 1985 yilda tug‘ilgan Fayziyev Alibek Shaxrulloyevich Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi va 25,273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan aybli deb topilgan.
Sud tomonidan unga nisbatan 12 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudining 14 maydagi hukmiga ko‘ra, 1990 yilda tug‘ilgan Amonov Olimjon Shuhratovich Jinoyat kodeksining 276-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilgan.
Sud tomonidan unga nisbatan 4 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Dolzarb qirq kunlik” tadbirlari doirasida qo‘lga olingan Niyoz Ibodov, Bahodir Sultonov va “Ziki Eskishahar” laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qilgandi.
LiveBarchasi