Dollar, yevro va rubl kursi ko‘tarilishda davom etyapti
Jamiyat
−
12 Oktabr 2020
11217O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, ertaga, 13 oktyabrdan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 364 so‘m 48 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 24 so‘m 80 tiyinga qimmatlagan.
1 yevro kursi 12 254 so‘m 96 tiyinga baholanib, 144 so‘m 9 tiyinga qimmatlashdi.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 2 so‘m 76 tiyinga ko‘tarildi. Xususan, 1 rubl 135 so‘m 3 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
LiveBarchasi