Mirziyoyev Sankt-Peterburgga yetib bordi

Jamiyat

photo_2019-12-17_12-19-34

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyadan uchgan samolyoti bugun, 20 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga borib qo‘ndi. 

"Pulkovo" xalqaro aeroportida davlat rahbarini Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

O‘zbekiston Prezidenti Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.

MDH mamlakatlari yetakchilari ko‘p tomonlama hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Hamdo‘stlikda O‘zbekiston Respublikasi raislik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shavkat Mirziyoev Yaponiya

Baholaganlar

114

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing