Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi
Jamiyat
−
17:47 674 1 daqiqa
Bugun, 18 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat rahbari Samarqandga tashrifi davomida Hazrati Hizr majmuasiga borib, mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilib, qabriga gul qo‘ygan.

Qur’on oyatlari tilovat qilinib, duo o‘qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qilishdan boshlagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi