Dollar kursi yana ko‘tarildi
Jamiyat
−
11 noyabr 2019
9773O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 12 noyabrdan amalda bo‘luvchi yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 9490,77 so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan haftadagiga nisbatan 23,50 so‘mga qimmatlashdi.
1 yevro kursi esa 115,18 so‘mga arzonlashib, 10455,03 so‘mni tashkil etdi.
Rubl kursining qiymati ham 0,31 so‘mga arzonlashdi, 1 rubl 148,82 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
LiveBarchasi