Dollar kursi 8500 so‘mlik “dovon”dan o‘tdi
Jamiyat
−
03 iyun 2019
4680O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019 yil 4 iyundan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 27 so‘m 66 tiyinga qimmatlashib, 8513 so‘m 57 tiyinga yetdi.
Yevro kursi esa 1 so‘m 18 tiyinga qimmatlab, 9705 so‘m 10 tiyinni tashkil etmoqda.
Bir Rossiya rubli esa 1 so‘m 11 tiyinga arzonlab, 130 so‘m 41 tiyinga yetdi.
Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.