“Dok-1 Maks”ni ishlab chiqargan kompaniyaning 3 xodimi hibsga olindi

Olam

image

Hindiston politsiyasi kecha, 3 mart kuni O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” dorisi sabab 20 bolaning o‘limiga aloqador bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasining uch xodimini hibsga oldi. Bu haqda “Reuters” mamlakat politsiyasiga tayanib xabar berdi 

Hibsga olishlar Hindiston hukumati laboratoriyasi tomonidan olib borilgan sinovlar natijasida Nyu-Dehli yaqinida joylashgan Marion Biotech Pvt. Ltd (Uttar-Pradesh, Hindiston) kompaniyasining 22 ta dori namunasi “buzilgan va qalbaki” deb topilganidan keyin amalga oshirilgan. 

Politsiya kompaniyaning operatsiyalar bo‘limi boshlig‘i va ikki kimyogarni Dekabr oyida kompaniyani uch marta va yanvarda bir marta tekshirgan Markaziy Narkotiklarni Standart Boshqarish Tashkiloti (CDSCO) inspektori qabul qilgan shikoyati asosida hibsga olganinma’lum qilgan. 

“Qalbaki dori vositalari jamiyatga jiddiy zarar yetkazishi mumkin va ular bilan bog‘liq ma’lumotlar, yozuvlar yo‘q qilinishi mumkinligi gumon qilinmoqda”, deydi CDSCO giyohvand moddalar bo‘yicha inspektori Asheyesh Kaundal o‘z shikoyatida. 

Kompaniyaning yana ikki direktori “mamlakatdan tashqarida edi va ular Hindistonga qo‘ngan zahoti hibsga olinadi”, deydi politsiyaning yuqori martabali xodimi Ram Badan Singx. 

Hindiston korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Dok-1 Maks” preparati sabab bugungi kunda O‘zbekistonda jami 20 nafar bola vafot etgan.

Ayni paytda holat bo‘yicha DXX Tergov boshqarmasi tomonidan “Quramax Medikal” MCHJ hamda “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” mutasaddilariga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur yo‘tal dorini ya’ni “Dok-1 Maks” siropini O‘zbekistonga olib kirgan “QURAMAX MEDICAL” MCHJning litsenziyasi ham 13 yanvar kuni bekor qilingan edi.

“Dok-1 Maks” va “Ambronol” siropining nojo‘ya ta’siri sababli “o‘tkir buyrak yetishmovchiligi” tashxisi bilan bolalar vafoti bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergovi doirasida bir qator mansabdorlar, xususan, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyum va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktori Sardor Kariyev hamda sodir etilgan jinoyatlarga aloqador bo‘lgan uning bir nechta jinoiy sheriklari ish bo‘yicha gumon qilinib ushlangan va ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

“Quramax Medikal” MCHJ advokati Erkin Najmiddinovning sudga ma’lum qilishicha, bugungi kunda “Dok-1 Maks” iste’molidan bolalarning o‘limi sabab 30 dan oshiq shaxs ayblanuvchi sifatida tergovga jalb etilgan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Ular orasida “Quramax Medikal” MCHJning sobiq rahbari Singh Ragvendra Pratar, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ mas’ul shaxslari bor.


Maqola muallifi

Teglar

Dok-1 Maks

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing