Doimiy aholisi eng ko‘p va kam hududlar ma’lum qilindi
Jamiyat
−
16 Oktabr 2021
5472Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahri O‘zbekistondagi shahar va tumanlari orasida aholisi eng kam hudud hisoblanadi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
2021 yilning 1 oktyabr holatiga respublikamiz tuman va shaharlari orasida doimiy aholisi soni eng kam bo‘lgan hududlar:
- G‘ozg‘on shahri – 8,9 ming kishi;
- Tomdi tumani – 15,3 ming kishi;
- Qorovulbozor tumani – 18,9 ming kishi;
- Bo‘zatov tumani – 21,8 ming kishi;
- Shirin shahri – 19 ming kishi;
- Yangiobod tumani – 28,9 ming kishi;
- Mo‘ynoq tumani – 32,8 ming kishi;
- Konimex tumani – 36,6 ming kishi;
- Uchquduq tumani – 38,1 ming kishi;
- Ohangaron shahri – 39,9 ming kishi.
2021 yilning 1 oktyabr holatiga respublikamiz tuman va shaharlari orasida doimiy aholisi soni eng ko‘p bo‘lgan hududlar:
- Namangan shahri – 657 ming kishi;
- Samarqand shahri – 559,4 ming kishi;
- Urgut tumani – 528,9 ming kishi;
- Andijon shahri – 456,4 ming kishi;
- Chiroqchi tumani – 428,8 ming kishi;
- Denov tumani – 397,3 ming kishi;
- Olmazor tumani – 383,1 ming kishi;
- Pasdarg‘om tumani – 365,3 ming kishi;
- Yunusobod tumani – 356,9 ming kishi;
- Shayxontohur tumani – 352,8 ming kishi.
LiveBarchasi