Dog‘istonda yuz bergan kuchli portlash oqibatida 30 ga yaqin odam halok bo‘ldi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 14 avgust kuni Dog‘iston poytaxti Maxachqal’adagi avtoservisda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” xabar berdi.

Qayd etilishicha, portlash oqibatida 27 kishi halok bo‘lgan, 75 kishi jarohat olgan. Portlashdan so‘ng yong‘in boshlangan va u yoqilg‘i quyish shoxobchasiga ham o‘tgan. Yong‘in maydoni 600 kvadrat metrni tashkil etgan.

Favqulodda hodisa joyida jami 260 dan ortiq qutqaruvchi va 80 ta texnika jalb etilgan. Hozir bu yerda barcha xizmatlar, jumladan, prokuratura ham ishlamoqda.

Ayni paytda Dog‘iston poytaxtida favqulodda holat joriy etilgan. 

Dog‘iston rahbari Sergey Melikovning aytishicha, portlashga yoqilg‘i quyish shoxobchasi oldidagi konteynerlarning portlashi sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Dog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing